1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Wi-Fi modemlar josuslik vositasiga aylanishi mumkin

Modemlar elektromagnit to‘lqinlar yordamida atrofdagi harakatlarni, hattoki yurak urishini aniqlay oladi.

Wi-Fi modemlar josuslik vositasiga aylanishi mumkin

Zamonaviy texnologiyalar inson faoliyati haqida tobora ko‘proq ma’lumot to‘plash imkonini bermoqda. Endilikda Wi-Fi modemlari ham potentsial kuzatuv vositasiga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi. Bu haqda focus.ua nashri xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Wi-Fi modemlari atrof-muhitdagi harakatlarni vizual yoki audio vositalarsiz aniqlay oladi. Ular elektromagnit to‘lqinlarning harakatlanuvchi jismlar bilan o‘zaro ta’sirini tahlil qilish orqali insonning yaqinligini, harakatlarini va hatto yurak urishini aniqlashga qodir.

 

Bu texnologiya odatiy kamera yoki mikrofonlardan farqli ravishda, signal kuchidagi o‘zgarishlarga asoslanadi. Shu bois, nazariy jihatdan, kimdir tashqaridan sizning Wi-Fi signallaringizni tutib, uyda bor-yo‘qligingizni aniqlashi mumkin.

 

Mutaxassislar bunday imkoniyatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim xavf tug‘dirishini ta’kidlab, Wi-Fi qurilmalarining sozlamalari va himoyasiga jiddiy e’tibor qaratishni tavsiya etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика