Jozey Bayden Vladimir Zelenskiydan AQSH harbiy yordami yetarli emasligi haqidagi bayonotlarni to‘xtatishni so‘ragan. Bu haqda The Washington Post bilan suhbatlashgan Oq uy sobiq amaldori maʼlum qildi.
Bu muloqot aynan qachon bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Ammo katta ehtimol bilan qurolli mojaroning boshlang‘ich davrida yuz bergani taxmin qilingan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Bayden ukrainalik hamkasbini to‘g‘ri tushungan, ammo “Zelenskiyning harbiy yordam yetarli emasligi haqidagi bayonotlari ortidan Kongressdan pul olish qiyish bo‘lishi”ni aytgan.
Avvalroq Bayden va Zelenskiy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. AQSH yetakchisi Ukrainaga zamonaviy havo hujumiga qarshi tizimlar yetkazib berishga vaʼda bergan.


