Bankrot bo‘lgan FTX kriptovalyuta birjasi xakerlar uning hisobidan 415 million dollar o‘g‘irlaganini maʼlum qildi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, 323 million dollar FTX.com xalqaro kompaniyasidan, 90 million esa uning Amerika bo‘limidan o‘g‘irlangan. Shuningdek, 2 million dollar Alameda Research fondidan yechib olingan.
CNBC FTX‘ning likvid aktivlari 5.5 milliard dollar ekanini aytmoqda. U birja asoschisi Sem Benkman-Frid boyligini ham o‘z ichiga oladi.
Noyabr boshida FTX bankrotlik bo‘yicha ariza topshirgandi.