1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Xalq banki vakili muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketganligi sabablarini ZAMON.Uz'ga ochiqladi

Bugun Aksiyadorlik tijorat Xalq banki rasmiy kanalida ushbu bankda muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketganligi sababli tijorat kreditlari berish vaqtincha to‘xtatilgani maʼlum qilindi.

Xalq banki vakili muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketganligi sabablarini ZAMON.Uz'ga ochiqladi

 

Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki matbuot xizmati rahbari Yunus Bo‘ronov bilan bog‘landik.

Bank vakili Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida tijorat kreditlari berish vaqtincha to‘xtatilganini tasdiqladi.  Ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish  yo‘lga qo‘yilishini maʼlum qildi.

—Mijozlar tomonidan aynan qaysi yo‘nalishdagi kreditlar qaytarilmayapti?

   — Ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning qaytarilishida jiddiy muammo yuzaga kelmoqda. Deylik, baʼzi hududlarda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning qaytarilishida muammo yuzaga kelayotgan bo‘lsa, boshqa hududlarda yuridik shaxslarga berilgan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmayapti. Ayniqsa, Toshkent shahrida muammoli kreditlar salmog‘i bir muncha  oshgan.

Shuningdek, Xalq banki ijtimoiy yo‘nalishlar, chorvachilikni rivojlantirish, “Har bir oila  tadbirkor”, Ayollar tadbirkorligi, “Yoshlar kelajagimiz” kabi Davlat dasturlari doirasida ajratgan kreditlarning ham katta qismi mummoli kreditlarga aylangan. Maʼlumot o‘rnida aytishim mumkinki, ushbu dasturlar doirasida aholiga imtiyozli kredit Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi  (14 foiz ) darajasida berilmoqda. Eng katta muammo   ijtimoiy dasturlarga ajratilgan kreditlarda bo‘lyapti. Lekin ushbu Davlat dasturlari bo‘yicha kreditlar ajratilishi to‘xtatilgani yo‘q. Tijorat kreditlarini ham Xalq bankining har bir filialida qaytgan kreditlar hisobiga olish mumkin.

—Bu borada qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti?

—Ayni paytda Hukumat topshirig‘iga ko‘ra, Xalq bankini qisqa muddatlarda sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu masalada Moliya vazirligi va  Markaziy bank bilan yil oxiriga qadar amalga oshiriladigan shoshilinch choralar-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bankning 2021 yil 1 iyul holatiga kredit portfelidagi muammoli kreditlar qoldig‘i 15 foizga yetgan: 3 trillion 200  milliard so‘mdan oshgan.

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика