1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xalqaro jinoiy sud Kaxovka GESining vayron qilingani bo‘yicha tergov boshladi

Sud vakillari Xerson viloyatiga yetib kelgan.

Xalqaro jinoiy sud Kaxovka GESining vayron qilingani bo‘yicha tergov boshladi

 

Gaaga Xalqaro jinoiy sudi vakillari Kaxovka to‘g‘oni buzilishini tekshirishga kirishdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida maʼlum qildi. Zelenskiyning o‘zi ham  toshqindan jabr ko‘rgan Xerson viloyatiga yetib kelgan. Kecha Xalqaro jinoiy sud vakillari Xerson viloyatiga tashrif buyurishdi. Hodisaning ertasiyoq Bosh prokuror Gaaga sudiga  ushbu voqeani tergov qilish bo‘yicha tegishli murojaat yuborgan. Va ish allaqachon boshlangan. Hozir "Xalqaro adolat vakillari Rossiyaning ushbu terakti oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishmoqda", – dedi prezident.

 

Zelenskiy  tergovga hissa qo‘shishga vaʼda berdi.

 

"Barcha huquq-tartibot idoralarimiz va boshqa institutlarimiz bu jarayonga imkon qadar jalb qilingan. Jabrlangan hududlarda guvohlarga, barcha maʼlumotlar, dalillarga to‘liq kirish imkoni beriladi. Terrorchi davlat uchun to‘liq va adolatli javobgarlik muhim. Bu dunyoda bunday yovuzliklar endi takrorlanmasligi uchun zaruriy shart", dedi u.

 

Maʼlumot uchun: GESning buzilishi bilan bog‘liq hodisada Ukraina, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiyani aybladi. Rossiya tomoni ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика