Tashkilotning yangi bayonotiga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi va Belarus sportchilarining 2022-yilgi Paralimpiya o'yinlarida qatnashishi taqiqlangan.
“Maxsus chaqirilgan yig‘ilishdan so‘ng Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi boshqaruvi Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi va Belarus Milliy Paralimpiya qo‘mitasi sportchilarining 2022-yilgi musobaqada ishtirok etish uchun arizalarini rad etishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday qarorga ayrim jamoalar rossiyaliklar va belaruslar bilan bir musoboqada ishtirok etish istagi yo‘qligini bildirgani hamda olimpiya qishloqlarida keskinlik kuchaygani sabab bo‘lgan.


