1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ular firibgarlik va odam savdosida ayblanmoqda.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

 

Firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Gruziya hududida aniqlanib, Interpol kanallari orqali O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

 

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi maʼlumotiga ko‘ra, xalqaro hamkorlik doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yirik miqdordagi firibgarlik hamda odam savdosi jinoyatlarida gumon qilinayotgan shaxslarning davlat chegarasidan tashqarida ekanligi aniqlangan. Keyinchalik ular Gruziya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hibsga olingan.

 

Ekstraditsiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy iltimosnomasi asosida amalga oshirildi. Tegishli tergov materiallari Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan o‘rganib chiqilib, Gruziya Adliya vazirligi tomonidan gumondorlarni O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Mazkur topshirish Interpolning Toshkent va Tbilisi shaharlaridagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida amalga oshirilgan. Ekstraditsiya qilingan shaxslar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика