Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 39 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, shaxs 2017-yil dekabridan 2018-yil apreligacha bo‘lgan davrda uyushgan guruh tarkibida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yuk avtomobillaridan o‘g‘irlik sodir etgan. Qo‘lga olingan fuqaro boshchiligidagi guruh aʼzolari ushbu davr mobaynida kamida 18 marta avtotransport vositalaridan yashirin o‘g‘irlik sodir etgan.
2019-yil iyul oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi gumonlanuvchini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvga berilgan edi.


