Xalqaro savdo o‘smoqda, bu uzoq o‘sishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kil xalqaro iqtisodiyot instituti (IfW) maʼlum qildi.
IfW maʼlumotlariga ko‘ra, yanvarda 2022 yil dekabriga nisbatan global savdo 2.1 foizga ko‘paygan. Bu ayniqsa, nemis va Yevropa tashqi savdosi katta foyda ko‘rgan. Xususan, Germaniyada eksport 2.1 foizga, import esa 2.6 foizga oshgan. YEIda bu ko‘rsatkich 3 va 3.2 foizni tashkil etgan. Rossiya G‘arb sanksiyalariga qaramay, o‘z dengiz savdosiini ko‘paytirgan. Moskva eskporti 2.2 foizga, importi 1.1 foizga o‘sgan.
Boshqa tomondan AQSH va Xitoy bilan bog‘liq vaziyat yaxshi emas. AQSH eksportini 3.6 foizga oshirgan bo‘lsa-da, importi 1.4 foizga qisqargan. Xitoyda bu mos ravishda +1.9 % va -1.1 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga ekspertoarning fikricha, Xitoy savdosida o‘sish potensiali bor.
Bundan tashqari, dunyo okeanlari orqali tovarlar tashishda bosim ancha kamaygan. IfW maʼlumotlariga ko‘ra, dengiz kemalari orqali olib kelinayotgan tovarlarning 8 foizi yo‘lda ushlanib qolgan.


