Toshkent metropoliteni xabariga ko‘ra, metropoliten faoliyatini takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida yer osti metro bekatlarida o‘rnatilgan eskalatorlarning o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarini bosqichma-bosqich ravishda yangilariga almashtirish rejalashtirilgan.
Qayd etlishicha, ushbu rejaviy ishlarning birinchi bosqichida “Xalqlar do‘stligi” metro bekatidagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu boisdan, “Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli (Tashkent city majmuasiga olib chiquvchi tomon) joriy yilning 10 fevral sanasidan boshlab, 20 mart sanasiga qadar yopiq bo‘ladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun bekatning birinchi vestibyuli ("Xalqlar do‘stligi" saroyiga olib chiquvchi tomon) odatiy rejimda ish faoliyatini olib boradi.


