XAMAS harakati AQSh Prezidenti Donald Tramp nomiga maktub yo‘llab, G‘azo sektorida 60 kunlik otashkesimni kafolatlash evaziga garovga olinganlarning yarmini ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda “Fox News” nashri AQSh ma’muriyatining yuqori martabali vakili va muzokaralarda ishtirok etgan manbaga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur maktub Qatarda bo‘lib, ushbu hafta davomida Prezident Trampga yetkazilishi kutilmoqda.
Muzokaralar jarayoni murakkablashgani ta’kidlanmoqda. Chunki Qatar bu oy boshida Dohada XAMAS rahbariyatini yo‘q qilishga urinishlardan so‘ng, qolgan 48 nafar garovdagilarni ozod etish bo‘yicha vositachilik faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi.


