Xabaringiz bor, bundan oldingi jarayonlarda Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudi Usmonovadan shoir foydasiga tovon puli undirish haqida qaror chiqargandi. Bunga Usmonova shoirning "Xasta bo‘lma" nomli sheʼridan mualliflik huquqini buzgan holda foydalangani sabab bo‘lgan.
Biroq voqea bu bilan tinchib ketgani yo‘q. Maʼlum bo‘lishicha, bir necha kun oldin xonanda tomonidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritilgan.
Xozirda apellyatsiya sudi fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan birinchi sud qarorini nechog‘lik to‘g‘ri bo‘lganligini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq Yulduz Usmonova sudda yutqazgani hamda shoirga 185 million so‘m to‘lab berishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


