1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xatirchida ayol tug‘ruqdan so‘ng vafot etdi

Holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi rasmiy maʼlumot berdi.

Xatirchida ayol tug‘ruqdan so‘ng vafot etdi

 

Navoiy viloyatidagi Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasida ayol tug‘ruqdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Xatirchi tumani, “Xonaqa” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X. tug‘ruqdan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xati-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Tekshiruv harakatlari esa viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha bayonot berib, ayol muassasaga olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganini maʼlum qilgan.ў

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика