1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Xavfsizligimiz uchun pechat so‘rayapmiz” — farmasevtlar

Toshkent va respublikaning 15 ta hududidagi dorixonalar elektron retsept tizimida ish boshlaganiga bir necha kun bo‘ldi. Farmatsevtlar sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra,  antibiotik va gormonal dorilarni elektron retsept bilan sotishi kerak. Ammo, bu talabga ayrim hollarda amal qilinmayapti. Zamon.uz muxbiri bilan suhbatlashgan dorixona xodimlari ayrim xususiy tibbiyot muasassalari  oddiy qog‘ozga(anʼanaviy blanka emas) retsept yozayotganini, shifokor unga muhr bosib bergani uchun dori sotayotganini aytdi. “Retsept bilan dori sotish 10 foiz bo‘lsa kerak” – deydi farmatsevtlardan biri.

“Xavfsizligimiz uchun pechat so‘rayapmiz” — farmasevtlar

10 dekabrdan boshlab Toshkent va tajriba-sinov tariqasida respublikaning 15 ta hududida maʼlum toifadagi dori vositalarini elektron retsept asosida berish yo‘lga qo‘yildi. Dastlab, bu amaliyot tarmoqlarda noroziliklarni ko‘paytirdi, odamlar doim isteʼmol qilib kelgan dorilarini sotib ololmay qoldi.  Shundan so‘ng, SSV mutaxassislar bilan muhokama o‘tkazdi, tizimga bosqichma-bosqich o‘tish qaroriga keldi.

 

Asilbek Xudayorovning buyrug‘i bilan  antibiotik, sintetik antibakterial preparat va gormonal dorilar olish uchun elektron retsept majburiy qilib belgilandi. Tizim to‘liq joriy etilgunga qadar hamda favqulodda vaziyatlarda  qog‘oz ko‘rinishidagi retseptlardan foydalanishga ruxsat etildi.

 

Zamon.uz muxbiri Toshkentdagi bir xususiy klinika, farmatsevt va fuqarolardan tizim haqida so‘radi.

 

“Darmon-Servis” klinikasi bosh shifokori Gulchehra Mirzamuhammedovaning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy muassasalarni “DMED(tibbiy axborot tizimi)ga ulash 8 oy oldin boshlangan.

 

DMEDning foydasi - standart bo‘yicha dori yozyaptimi- yo‘qmi shuni ko‘rib turish mumkin. Davlat tibbiyot tashkilotlari kabi xususiylar ham hisobot bersin deyildi. Odamlar hozir  klinikaga kelishdan oldin “DMEDga  ulanganmisizlar deb so‘rayapti”- deydi Mirzamuhammedova

 

Shuningdek, Chilonzor tumanidagi 10 ga yaqin dorixona vakillari “DMEDning afzalliklari hamda mijozlarning qanchasi elektron retsept bilan kelayotganini gapirib berdi.  

 

“Soliq va farmagentlik vakillari sentyabr-oktyabr oylarida hammani “DMEDga o‘tkazdi. Doktor shu tizim orqali dori yozib bersa, uni sotishga hamma apteka tayyor. Lekin hali elektron retsept beradigan xususiy klinikalarning o‘zi tayyor emas. Ulardan hali “DMEDning retseptini ko‘rganimiz yo‘q. Hozir tovar olishni to‘xtatdik, savdo tushdi, ayni damda hammada shunaqa. Aptekalar umuman retseptsiz bermagan. Retsept bilan dori sotish 10 foiz bo‘lsa kerak. Soat 08:00 dan 16:00 gacha ishladim, bitta elektron retsept keldi. Bu bilan ijara puli va boshqa xarajatlarni qanday qoplaymiz?

 

Hozir qog‘oz shaklida kelayotgan retseptlarga qarab dori sotyapmiz. Asosan, xususiy klinikalardan retsept uchun degan yozuv va shifokorning muhri bilan kelyapti. Biz bemor o‘zini-o‘zi davolashga harakat qilmayapti, doktorgan ko‘ringan deb beryapmiz. Bemorlarga shifoxona muhri bilan retspet olib kelishini talab qildik, xavfsizligimiz uchun pechat so‘rayapmiz. “DMED” kasallik tarixi uchun zo‘r. Tashxis qo‘yishdan oldin yuzingizni ko‘radi. Elektron retseptni gormonal antibiotiklarga qilsa yaxshi, lekin hammasiga emas. Masalan bitta “Faniganga 200 000 so‘m to‘lab, navbat kutib o‘tirmaydiku”.

 

“To‘g‘ri, “DMEDning foydasi bor. Doktor dorining tarkibini yozadi. Savdo nomini emas. Endi sizning oldingizga retsept kelib qoldi. Misol, “Ademetionin”, “Geptral”, “Ademta”.  O‘sha tarkibli doringizni savdo nomi bilan hisoblaydigan bo‘lsangiz, bir-biridan 100 000 so‘mlab farq qiladi. Biz tarkibini bir xil bo‘lganini bilib, bemorga o‘zimizning ilmimizni ishlatib bersak, avtomatik narigi apteka bilan bu aptekaning o‘rtasida farq paydo bo‘lib qoladi. U “Geptralni hisoblagan bo‘lsa, biz “Ademtani hisoblasak, bizda arzon chiqib ketadi. Minimal kimda arzon mahsulot bo‘lsa, o‘shani olishga harakat qiladi”.

 

“Shifokor qog‘oz retseptga muhr bosib berishga majbur, chunki ko‘pchilik xususiy klinikalar hali tizimga ulanishmagan. Asta-sekin o‘tishyapti. Mijozlarning 70 foizi xususiylardan qog‘oz retseptlar bilan kelyapti. Chunki navbatlar ko‘pligi uchun davlat poliklinikasiga odam kam boradi. Kichkina bolalar ko‘p, go‘daklar isitma bilan navbat kutib o‘tira olmaydi, shuning uchun bu yerga kelishadi, ularni tezroq ko‘rishadi, dori yozib berishadi va ketishadi”, deydi farmatsevtlar.

 

“O‘sha elektron retseptni birinchi marta ko‘rdim, QR-kodli chekni ko‘rdim, haqiqatan tarkibi yozilyapti. Topib berdim mosini. Tushuntirdim. “Shumi, noto‘g‘rimi?” deb ketyapti kliyent. Men Googleʼga kirib ham ko‘rsatib berdim. Keyin u dorini amin bo‘lib olib ketdi. QR-kod bor, o‘zi bitta lenta bo‘larkan. O‘shaning o‘zida poliklinika nomi, “nazvaniya”(sarlavha)si bo‘ladi, dorining soni, uni qachongacha ichish va doktor muhri va QR-kodi ko‘rsatiladi. Bitta chekda bitta dori”- deydi farmatsevt.

 

SSVga ko‘ra, ayni paytda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli jami 152 ta davlat tibbiyot tashkiloti va 1 496 ta dorixonaning barchasi to‘liq “Elektron retsept” tizimiga ulangan. Hozircha poytaxtdagi mavjud 1 945 ta xususiy tibbiyot tashkilotidan 796 tasi ushbu tizimga integratsiya qilingan.

 

Reportajimiz davomida tizim haqida fuqarolarning fikrlari bilan ham qiziqdik. Ularning ayrimlari tizimni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalari to‘g‘ri qaror emasligini aytdi.

 

Biz “Elektron retsept” tizimi bo‘yicha aholining so‘rovlarini qabul qilayotgan sall-markazda (1003) ham bo‘ldik. Operator Dilfuza Abdurahimova bilan suhbatlasharkanmiz, murojaatlar kamayganini, ayrim fuqarolar  retseptsiz antibiotik olish haqida so‘rayotganini bildirdi.

 

Farmagentlik rahbari Abdulla Azizovga ko‘ra, “Elektron retsept” tizimi orqali korrupsion mexanizmga tushgan dori narxlari tushadi. Uning aytishcha, 35 % (5131) dorilarning narxi sunʼiy oshirilgan.  Hozirgi paytda 12 815 turdagi dori vositasi retsept bilan, 1 846 tasi esa retseptsiz berilmoqda.  Dori vositalarini olish tartibi bilan “my.gov.uz” hamda Farmagentlikning rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali tanishish mumkin.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика