1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi ochildi

Yuk poyezdi Xitoydan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi ochildi

 

"Xitoy – Markaziy Osiyo" sammiti doirasida Sian shahrida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida "Zhejiang Union of Railway Logistics" kompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "Qirg‘iz temir yo‘li milliy kompaniyasi" davlat korxonasi hamkorligida Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Transport vazirligining maʼlum qilishicha, "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9-iyun kuni start berilgan.

 

Tarkibida quyosh panellari, mexanik jixozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика