1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnaga yetkazilishi aytilmoqda.

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

 

Bugun Pekinda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 

Xitoyning Qashg‘ar shahridan O‘zbekistonning Andijon shahrigacha bo‘lgan 450 km temir yo‘l quriladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston, xususan, Andijon uchun muhim bo‘lgan ushbu shartnomani imzolash marosimi ishtirokchilariga murojaat qildi.

 

"Bu temir yo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlikdagi yo‘l bo‘ladi. Kelgusida bu yo‘l mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqning keng bozorlariga chiqish imkonini beradi", — dedi davlat rahbari o‘z murojaatida.

 

Loyihaning natijasi quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

• iqtisodiy samara beradigan yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratilishi;

• o‘zaro savdo hajmi karrasiga oshishi;

• sanoat kooperatsiyasi kengayishi, investisiyaviy jozibadorlik o‘sishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun bu yuk tashishning qulay yo‘li bo‘ladi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика