1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy AQSHni Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi

Pekinga ko‘ra, bu Xitoyning ichki ishlariga aralashishdir.

Xitoy AQSHni Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi

 

Qo‘shma Shtatlar Tayvanni qurollantirishni va Xitoyning ichki ishlariga aralashishni bas qilishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi aytib o‘tdi.

 

Tayvan masalasi har doim Xitoy-Amerika munosabatlarida eng muhim va nozik masala bo‘lib kelgan. AQSH Tayvanni qurollantirishni, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishi va Xitoyni tinch yo‘l bilan birlashtirishni qo‘llab-quvvatlashi kerak", dedi Mao ning.

 

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH prezidenti Jo Bayden 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoy rahbari Si Szinpinni Vashingtonning Tayvanga qurol yetkazib berishni davom ettirish niyati haqida xabardor qilganini maʼlum qilgandi. Kirbining taʼkidlashicha, qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etishi AQSHning Tayvanni o‘zini-o‘zi mudofaa qilish qobiliyati bilan taʼminlash istagi bilan bog‘liq.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика