1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoy aviakompaniyasi Urumchi – Samarqand aviaqatnovini ochadi

Pekin-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni haftasiga 4 martagacha oshirish masalasi ham ko‘rib chiqilyapti.

Xitoy aviakompaniyasi Urumchi – Samarqand aviaqatnovini ochadi

 

Kecha, 9-avgust kuni Transport vazirligida China Southern Airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida Urumchi – Samarqand yangi yo‘nalishini ochish, Uzbekistan Airways bilan “kod-sher” tijorat shartnomasi bo‘yicha reyslarni amalga oshirish va Pekin-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni haftasiga 4 martagacha oshirish masalalari muhokama qilindi. 

 

Shuningdek, Transport vazirligi vakillari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mavjud kvotalar va joriy yilning oktyabr oyida Pekin shahrida ikki mamlakat aviatsiya rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini muhokama qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика