1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy ayrim AQSh mahsulotlarini bojdan ozod qilmoqchi

125 foiz bojdan ozod bo‘lishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxati tayyorlandi.

Xitoy ayrim AQSh mahsulotlarini bojdan ozod qilmoqchi

 

Xitoy hukumati 125 foiz boj stavkasidan ozod qilinadigan AQShda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatini tayyorlab, bu haqda ayrim kompaniyalarni shaxsiy tartibda xabardor qilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi bir Amerika kompaniyasiga Xitoy rasmiylari bevosita murojaat qilgan. Ushbu kompaniya ilgari ham ayrim dori vositalari uchun bojdan ozod qilishni so‘ragan, chunki ular AQSh texnologiyalariga tayanadi.

 

Boshqa manba ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning sharqiy hududida rasmiylar xorijiy investor boj stavkalari tufayli yuzaga kelgan muammolar haqida hisobot berishni so‘ragan. Shuningdek, janubi-sharqiy mintaqadagi to‘qimachilik va yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi korxonalarga AQSh-Xitoy tariflarining biznesga ta’sirini o‘rganish uchun so‘rovlar yuborilgan.

 

Bu harakatlar Pekinning AQSh bilan tarif urushida ochiq murosa qilmay, lekin ichki darajada ayrim imtiyozlar orqali bosimni yumshatishga tayyorlanayotganidan dalolat beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика