1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy dunyodagi birinchi qutqaruv dronini yaratdi

Ushbu dron favqulodda holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi.

Xitoy dunyodagi birinchi qutqaruv dronini yaratdi

 

Xitoyning Haishen Medical Technology kompaniyasi dunyoda ilk bor to‘liq avtonom ishlay oladigan qutqaruv dronini ishlab chiqdi. Qurilma ekstremal haroratlarda –25 dan +46 darajagacha bo‘lgan sharoitda, inson ishtirokisiz qutqaruv va izlash ishlarini bajarishi mumkin.

 

U, ayniqsa, dengizda yoki favqulodda holatlarda muhim rol o‘ynaydi. Dron bevosita voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatadi yoki jabrlangan kishini shifoxonaga yetkazib bera oladi.

 

Mazkur dron zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lib, u orqali bemorning nafas olishini ta’minlash, tomir orqali infuziya yuborish, hayotiy ko‘rsatkichlarni kuzatish hamda yurakni qayta ishga tushirish (defibrilatsiya) kabi xizmatlar amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика