1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy Hindiston bilan chegaraga katta qo‘shin to‘playapti — Hindiston TIV

Hindiston tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoy chegarada katta miqdorda harbiy kuch to‘playapti. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xitoy Hindiston bilan chegaraga katta qo‘shin to‘playapti — Hindiston TIV

 

 

Vazirlik rasmiy vakili Arindam Bagchi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizoli hudud – Ladakxda Xitoy qo‘shinlari to‘planayotganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston bunga nisbatan javob choralarini ko‘rishga majbur.

 

“Xitoy chegara tumanlariga  katta miqdorda qo‘shin va qurol-yarog‘larni joylashtirishda davom etmoqda. Shuning uchun milliy manfaatlar va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Hindiston qurolli kuchlari javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi”, – degan Bagchi.

 

Mansabdor ikki davlat chegarasidagi taranglikka  Pekin javobgar ekanini taʼkidlagan. Bagchi Xitoyning xatti-harakatlari ikki tomonlama tuzilgan barcha shartnoma va kelishuvlarning buzilishiga olib kelganini qayd etgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2020 yil yozida Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi azaliy chegara nizosi qayta avj oldi. Buning oqibatida har ikki davlat chegaraga katta miqdorda kuch tashlagan. Pekin va Dehli Aksaychin hamda Ladakx hududlariga daʼvo qilib keladi.

 

Bundan avval Xitoy mudofaa vazirligi qurollanish poygasi avj olishi haqida ogohlantirgandi. Shuningdek, Vashingtonda “Osiyo NATOsi” uchrashuvi tashkil etilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика