1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy janubi-g‘arbida tog‘ ko‘chkisi sabab 19 kishi halok bo‘ldi

Yana 5 kishi jarohat oldi.

Xitoy janubi-g‘arbida tog‘ ko‘chkisi sabab 19 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasining Leshan shahrida yakshanba kuni yuz bergan tog‘ning qulashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi.

 

Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, qulash yakshanba kuni ertalab Sichuan provinsiyasi Leshan shahridagi davlat o‘rmon xo‘jaligi korxonasi hududida sodir bo‘lgan.

 

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish uchun voqea joyiga 600 dan ortiq odam yuborilgan. Qidiruv ishlari kecha mahalliy vaqt bilan 20:00 da yakunlangan.

 

Ayni paytda tog‘ning qulashi sabablarini o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика