1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy Janubiy Koreyadan alamini oldi

Pekin koreyaliklarga viza berishni to‘xtatdi.

Xitoy Janubiy Koreyadan alamini oldi

 

Avvalroq Janubiy Koreya COVID-19 tufayli xitoylik sayohatchilarga nisbatan bir qator cheklovlar joriy etgandi. Bunga javoban Pekin Janubiy Koreya fuqarolariga turistik va ish vizalari berilishini to‘xtatdi.

 

Xitoyning Seuldagi elchixonasi bayonotida taʼkidlanishicha, viza taqiqi Janubiy Koreya “xitoyliklarning kirishiga nisbatan kamsituvchi choralar”ni bekor qilmaguncha o‘z kuchida qoladi. Diplomatik missiya boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

 

Janubiy Koreya va yana 10 dan ortiq davlatlar XXRda COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi sababli materikdan tashrif buyuruvchilarga PZR topshirish talabini qo‘ygandi. Pekin bunday sinovlarni talab qilgan davlatlarga javob qaytarishi haqida ogohlantirdi.

 

2022 yil oxirida Xitoy hukumati mavjud cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qila boshladi. Bu COVID-19 bilan kasallanishning keskin o‘sishi fonida amalga oshirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика