1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy mudofaa vaziri Eronga bordi

U mamlakat prezidenti bilan uchrashgan.

Xitoy mudofaa vaziri Eronga bordi

 

Eron va Xitoy mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe Tehronga tashrifida  kelishuvga erishgan.

 

 Eron qurolli kuchlari shtab boshlig‘i Muhammad Husayn Bagiriyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytiradi.

 

“Shu tariqa biz ikki tomonlama xavfsizlikni taʼminlashimiz mumkin”, – degan u.

 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tehron va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarni strategik darajada deb baholagan. Shu bilan birga u Xitoy bilan tuzilgan 25 yillik hamkorlik kelishuvini eslatib o‘tgan.

 

Avvalroq Isroil Eron havo mudofaa inshootlariga raketa hujumi uyushtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика