1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

Qaror 1 iyun kunidan kuchga kirdi.

Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

1 iyun 2025-yildan boshlab Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz kirish tartibini joriy etdi. Endilikda o‘zbekistonliklar ushbu davlatga qisqa muddatli safarlar — sayohat, qarindoshlar ziyorati yoki ishbilarmonlik maqsadlarida vizasiz borishlari mumkin.

 

Mazkur imtiyoz 30 kungacha bo‘lgan muddat uchun amal qiladi. Ammo vizasiz rejim Xitoyda o‘qish, ishlash yoki ommaviy axborot vositalari bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga safar qilmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan amaldagi tartiblarga rioya qilishni, pasport va qaytish chiptalari bo‘lishini hamda safar maqsadi aniq ko‘rsatilishini tavsiya qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика