1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Xitoy pochtalarni raketada yetkazib beradi

Raketa 10 tonnagacha yukni dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazadi.

Xitoy pochtalarni raketada yetkazib beradi

Ilon Mask Marsni kolonizatsiya qilishni orzu qilayotgan bir paytda, Xitoyda raketa yordamida pochta yetkazib berish texnologiyasi ustida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Mahalliy startap — Space Epoch tomonidan ishlab chiqilgan va allaqachon Alibaba bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan ko‘p martalik raketa sinovdan o‘tkazildi.

 

Loyihaga ko‘ra, raketa 10 tonnagacha yukni atigi bir soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib bera oladi — albatta, agar bu joylar Xitoydan raketa qabul qilishga rozi bo‘lsa. Yuklar belgilangan hududga tushiriladi va keyin mahalliy omborlarga yetkaziladi.

 

Bundan tashqari, ushbu raketa sun’iy yo‘ldoshlar uchirish va boshqa orbital missiyalar uchun ham foydalanilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus global logistika tizimida inqilobiy burilish yasashi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика