1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy qachon koronavirus cheklovlarini bekor qiladi?

Yirik moliya instituti tahlilchilari bu bo‘yicha taxminlarini eʼlon qildi.

Xitoy qachon koronavirus cheklovlarini bekor qiladi?

 

Xitoy hukumati aprelgacha aksariyat koronavirus cheklovlaridan voz kechishi mumkin. Bu haqda Goldman Sachs Group tahlilchilari taxmin qildi.

 

Pekinni bu qadamni amalga oshirishga mamlakatda boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari majbur qilishi mumkin. Goldman Sachs iqtisodchisi Xuey Shan 2023 yilning ikkinchi choragida cheklovlardan voz kechish ehtimolini 30 foizga baholagan.

 

“Hukumat tez orada cheklovlarni kengaytirish va COVID bilan kasallanishning avj olishi kabi murakkab tanlov o‘rtasida qoladi”, – degan u.

 

Commerzbank AG tahlilchilari ham namoyishlar XXR hukumatiga bosim bo‘layotganini qayd etishgan. Shu bilan birga Hang Seng Bank kompaniyasining Xitoy bo‘yicha bosh mutaxassisi Den Van cheklovlarning tez orada bekor qilinishi ehtimoli pastligini taʼkidlagan. Uning fikricha, bunday holatda COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari keskin oshadi.

 

Noyabrda Xitoyda koronavirus bilan kasallanish yana avj oldi. Pandemiyaga qarshi kurash doirasida mahalliy darajada lokdaunlar va majburiy PSR-testlar topshirish joriy etilmoqda. O‘tgan hafta qator yirik shaharlar, jumladan, Shanxay, Guanchjou va Urumchida cheklovlarga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика