1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasida O‘zbekiston o‘z kompaniyalari ishtirokini taklif qilmoqda

O‘zbekiston yuk hajmini oshirish uchun Qashqar stansiyasiga “eksport” maqomi berilishini so'radi.

“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasida O‘zbekiston o‘z kompaniyalari ishtirokini taklif qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Suhbatdosh tomon Xitoy Taraqqiyot va islohotlar milliy qo‘mitasi vakillari bo‘ldi.

 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston tomoni yirik xalqaro infratuzilma loyihasi — “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishida mahalliy qurilish, loyiha va pudrat tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi. Bu nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki milliy qurilish sanoatini rivojlantirishda ham muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

 

Shuningdek, tomonlar ushbu yangi yo‘nalish orqali yuk tashish hajmini oshirish masalalarini muhokama qilar ekan, O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Qashqar stansiyasiga “eksport” maqomini berishni taklif qildi. Bu stansiya orqali O‘zbekiston va mintaqaviy eksport hajmlarini oshirish, yuk oqimlarini soddalashtirish va tranzit samaradorligini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha mintaqadagi transport-logistika tarmog‘ini kengaytirish, Osiyo bilan Yevropa o‘rtasidagi savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish va Yevroosiyo iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Tomonlar temir yo‘l qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni yakunlash, ishlarning moliyaviy modeli ustida ish olib borish, hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика