1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berishi mumkin — CNN

Shu bilan birga, Pekin hali yakuniy qaror qabul qilmagani aytilmoqda.

Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berishi mumkin — CNN

 

Xitoy Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari, artilleriya va o‘q-dorilar yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda AQSh razvedkasiga tayanib, CNN xabar berdi

 

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Biroq yetkazib berish narxi va hajmi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. So‘nggi haftalarda AQSh razvedkasi Pekin Moskvaga qurol-yarog‘ berish tarafdori ekanini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qo’lga kiritgani aytilmoqda.

 

XXR dronlarni yetkazib berishdan tashqari, oʻq-dorilarni uzatishni ham koʻrib chiqishi mumkin.

 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken avvalroq Xitoyni Rossiyaga noharbiy yordam berishda ayblagan va Pekin qurol-yarog‘ yuborish masalasini ko‘rib chiqayotganini da’vo qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin buni spekulyatsiya deb atagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика