Szukanning bu tahdidi AQSHning Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan tuzgan alyansiga qarshi o‘ziga xos javob bo‘ldi. Diplomat Vashington bilan o‘tmishdagi kelishuv — birinchi bo‘lib yadro zarbalari bermaslik to‘g‘risidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Chunki AQSHning Xitoy atrofida harbiy faolligi tobora oshib bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning hozirgi siyosati “maʼnaviy obro‘” olib kelishi mumkin. Аmmo Vashingtonning mintaqa xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgan siyosatiga munosib javob bo‘la olmaydi.
16 sentаbr kuni AQSH Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan yangi harbiy alyans tuzilganini eʼlon qildi.
Ekspertlarning fikricha, bu ittifoq Xitoyning o‘sib borayotgan taʼsiriga qarshi qaratilgan. Xitoyning AQSHdagi elchixonasi, o‘z navbatida, Vashingtonni “sovuq urush” davrini eslatmaslikka chaqirdi.
Bundan avval “Osiyo NATO"si uchrashuvi tashkil etilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


