1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Xitoy sudi 100 tonna tirik timsohni auksionga chiqardi

06:52 / 08.04.2025

329

Xitoy sudi 100 tonna tirik timsohni auksionga chiqardi

Xitoy sudi 100 tonna tirik timsohni auksionga chiqardi

Xaridorlar timsohlarni tutish, tortish va tashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Xitoyning Shenchjen shahridagi Nanshan xalq sudi 100 tonna tirik siam timsohini onlayn auksionda 550 ming dollardan sotuvga qo‘ydi. Bu timsohlar qarzini to‘lay olmagan fermerdan tortib olingan.

 

Baholashlarga ko‘ra, ular 200 dan 500 kg gacha vaznga ega 200–500 bosh timsohdan iborat. Xaridorlar timsohlarni tutish, tortish va tashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, ular timsohlarni ko‘paytirish uchun maxsus litsenziyaga ega bo‘lishlari kerak.

 

Savdo Alibaba platformasida 9-maygacha davom etadi. Hozircha sahifani 4 mingga yaqin foydalanuvchi ko‘rgan, biroq biror ishtirokchi hali ro‘yxatdan o‘tmagan.

 

Xitoyda siam timsohlarini ko‘paytirish va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishga 2003 yildan buyon ruxsat berilgan. Bu hayvonlardan teri, go‘sht, kosmetika va hatto vino ishlab chiqariladi. 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика