Xitoy ishchi, o‘quv va turistik vizalarni berishni soddalashtiradi. Bu haqda mamlakat TIV maʼlum qildi.
“Biz Xitoyga ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish, ishchi tashrif, o‘qish uchun, qarindoshlarini ko‘rish yoki oilasi bilan birlashish maqsadida kelishni rejalashtirgan xorij fuqarolariga viza berish tartibini osonlashtiramiz”, – deyiladi vazirlik saytida eʼlon qilingan axborotda.
Aniqlik kiritilishicha, viza berish tartibini soddalashtirish bilan birga davlat chegaralaridan o‘tish soddalashtiriladi. Bundan tashqari, pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi yuk tashish ko‘rsatkichini qayta tiklash ham rejalashtirilgan.
Hukumat xalqaro turistlar oqimini ham bosqichma-bosqich oshirib bormoqchi.
Xitoy dekabr boshida koronavirus cheklovlarini yumshatdi. Buning ortidan mamlakatda COVID-19bilan kasallanish holatlari ko‘paydi. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu koronavirusning turli kuchsizlangan shtammlari hisoblanadi.


