1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoyda avj olayotgan chikungunya virusi O‘zbekistonga ham xavf solyaptimi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi chikungunya virusi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Xitoyda avj olayotgan chikungunya virusi O‘zbekistonga ham xavf solyaptimi?

So‘nggi kunlarda Xitoyda chikungunya virusi tarqalayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda xabarlar e’lon qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik tufayli minglab odamlar zararlangani aytilmoqda. Bu esa aholida virusning O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinligi borasida xavotir uyg‘otmoqda.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mazkur masalaga izoh berdi.

 

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, chikungunya virusi O‘zbekiston uchun epidemiologik xavf tug‘dirmaydi, chunki bu kasallikni tarqatuvchi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus turiga mansub chivinlar O‘zbekiston tabiiy sharoitida uchramaydi.

 

Ayni paytda respublika hududida epidemiologik barqarorlikni saqlash maqsadida tizimli profilaktik choralar ko‘rilmoqda.

 

Sanitariya nazorati kuchaytirilgan, vaziyat doimiy monitoring ostida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика