1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda birinchi bor robot aspiranturaga qabul qilindi

U yuz ifodalarini taqlid qila oladi va xitoy tilida muloqot qilishi mumkin.

Xitoyda birinchi bor robot aspiranturaga qabul qilindi

Xitoyda birinchi bor odamsimon robot aspiranturaga o‘qishga kirdi. South China Morning Post nashri xabariga ko‘ra, Shanxay teatr akademiyasi “Xueba-01” nomli robotni rasmiy ravishda aspiranturaga qabul qilgan.

 

Mazkur robot Shanxay fan va texnologiya universiteti bilan DroidUp Robotics kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. Ilmiy loyihaga ko‘ra, “Xueba-01” inson qiyofasiga yaqin ko‘rinishga ega bo‘lib, uning bo‘yi 175 sm ni tashkil etadi. Shuningdek, robot inson yuz ifodalarini taqlid qilish, xitoy tilida erkin muloqot qilish, murakkab topshiriqlarni bajarish imkoniyatlariga ega.

 

Yaratilgan robotning asosiy maqsadi — san’at va texnologiyalar tutashgan yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy izlanishlar olib borishdan iborat. Shuningdek, robot bilan ishlash davomida sun’iy intellektning teatr va sahna san’atidagi qo‘llanish imkoniyatlari ham o‘rganiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика