1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda COVID-19 qayta avj olmoqda

Ayrim shaharlarda aholining uydan chiqishi taqiqlandi.

Xitoyda COVID-19 qayta avj olmoqda

 

Xitoyda bir sutkada 11 950 kishida COVID-19 holatlari qayd etildi. Bu aprel oyining oxiridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlar soni tobora ortib bormoqda. Ma’murlar bir qator shaharlar aholisidan uylarini tark etmaslikni va virusga testdan o‘tishni talab qilgan. Guanchjouning aksariyat qismida maktablar yopilgan, avtobus va metro harakati to‘xtatilgan. Rasmiylar, shuningdek, Guanchjoudan Pekinga va Xitoyning boshqa yirik shaharlariga parvozlarni bekor qildi.

 

Ammo Xitoy hukumati cheklov choralarini yumshatmoqda. Xususan, xorijdan kelayotgan shaxslar uchun karantin muddati 10 kundan 8 kunga qisqartirilgan, dastlabki besh kun ixtisoslashtirilgan muassasada o‘tkazilishi shart.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика