Xitoyning janubiy Guangdong provinsiyasida joylashgan Insta360 fotoapparat kompaniyasi o‘z xodimlari uchun “Vazn tashlang va pul ishlang” tanlovini eʼlon qildidi. Qoidalar oddiy: yo‘qotilgan har 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (70 dollar) to‘laydi. Aksincha, xodim 500 gram vazn yig‘sa, u kompaniyaga 800 yuan (112 dollar) jarima to‘laydi.
Xabar qilinishicha, hozircha hech kim jarimaga tortilmagan. 99 nafar xodim ushbu aksiyaga qo‘shilib, jami 950 kg vazn yo‘qotdi va jami 1 million yuan (139 389 dollar) ishlab oldi.
Insta360 taʼkidlashicha, tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlarni hayot va ishga ijobiy munosabatda bo‘lishga undashga qaratilgan.
Bu g‘oya internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi, ko‘plab foydalanuvchilar o‘z kompaniyalarini shunga o‘xshash tanlovlarni o‘tkazishga chaqirmoqda.


