1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda ikki yoshli bola onasining jasadi bilan uyda yolg‘iz qolib ketdi

Bola shirinlik va sabzavot bo‘laklari bilan oziqlangan.

Xitoyda ikki yoshli bola onasining jasadi bilan uyda yolg‘iz qolib ketdi

Xitoyning janubi-sharqida ikki yoshli bola onasining kutilmagan o‘limidan so‘ng bir necha kun davomida uyda yolg‘iz qolgan holda topildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Chjen Yu 17-avgust kuni o‘z uyida vafot etgan. Uning ikki yoshli farzandi — Myanmyan ismli bola onasining jasadi yonida bir necha kun davomida mustaqil yashashga majbur bo‘lgan. Bola murabbo, shirinliklar va sabzavot bo‘laklari bilan oziqlangan.

 

Voqea marhumaning dugonasi uzoq vaqt bog‘lana olmagach, politsiyaga murojaat qilishi natijasida ochildi. Huquq-tartibot organlari xonaga kirganda Chjenning jasadi va qarovsiz holatdagi bola topilgan. Qo‘shnilardan biri bolani uyiga olib kirib, parvarish qilgan hamda shifoxonaga yetkazgan. Shifokorlar bolaning sog‘ligi xavf ostida emasligini bildirgan.

 

Chjen Yu yolg‘iz ona bo‘lib, og‘ir turmush sharoitida yashagani aytilmoqda. U uch farzandning onasi bo‘lgan, biroq faqat eng kichik farzandi — Myanmyan uning qaramog‘ida yashagan. Chjenning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari borligi, turli davolanish jarayonlari haqida u ijtimoiy tarmoqlarda yozib borgan.

 

Marhumaning o‘lim sababi hozircha aniqlanmagan. Myanmyan esa hozirda otasining qaramog‘iga topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика