Xitoyning markaziy Xubey provinsiyasining Echjou shahrida pandus ko‘prigining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.
Natijada to‘rt kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.
Dastlabki tergov natijalari shuni ko'rsatdiki, og'irligi 198 tonna bo'lgan yuk mashinasi yiqilib, ikki qismga bo'linib, o'zi bilan birga yana ikkita transport vositasini sudrab ketgan.
Voqea joyida qutqaruv guruhlari, o‘t o‘chiruvchilar va yo‘l politsiyasi ish olib bormoqda.
Ko'prik Shanxay-Chongsin va Dakin-Guanchjou ekspress yo‘lini bog‘laydi. Ko‘prik 2010-yil 28-sentabrda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uzunligi 731,08 metr, eni 13 metrni tashkil etadi.
Avvalroq AQShda vertolyot shossega qulagani xabar qilingan edi. Voqea oqibatida uchuvchi halok bo'lgandi.
Nasiba To'xtayeva


