Pekin Zilzilalar agentligining katta muhandisi Chju Xunbin boshchiligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yaqin yillarda Xitoy va unga qo‘shni hududlarda Myanmadagi kabi kuchli yer osti silkinishlari sodir bo‘lishi mumkin.
Olimlar 1879-yildan buyon qayd etilgan qariyb 150 ta zilzi lani tahlil qilib, ularning asosida oltita yirik seysmik faollik davrini aniqlashdi. Ularning fikricha, hozirgi paytda mintaqada yangi faollik davriga o‘tish jarayoni boshlangan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar hisobotida aytilishicha, kuchlanish zonasi shimoli-sharqqa qarab siljishi ehtimoli mavjud. Shu sababli, Xitoyning Sychuan va Yunnan provinsiyalari hamda Himolay tog‘ tizmasi atrofidagi hududlarda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish xavfi oshgan.
Mutasaddi tashkilotlar bu tahdidga jiddiy yondashish, aholini ogohlantirish va favqulodda holatlarga tayyor turishni tavsiya etmoqda.