1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda sunʼiy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod qurildi

Kompaniya sunʼiy go‘shtni AQSH va Singapurda sotishni ko‘zda tutgan

Xitoyda sunʼiy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod qurildi

 

Xitoyda sunʼiy go‘sht ishlab chiqaruvchi birinchi zavod ishga tushirildi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Ikki yildan so‘ng korxonada yiliga yuzlab tonna sunʼiy go‘sht ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat korxonasi ishga tushiriladi.

 

Zavodga 2000 litrli bioreaktor o‘rnatilgan. Kelajakda kompaniya egalari uskunalar sonini oshirish istagida. Ushbu mahsulotning bir kilogramm narxi 100 dollardan arzonlashi kutilmoqda.

 

Kompaniya sunʼiy go‘shtni AQSH va Singapurda sotishni ko‘zda tutgan – mazkur mamlakatlarda laboratoriyada yetishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berilgan.

 

Jurnalistlarning yozishicha, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun Pekin hayvonot oqsili manbasini topishi kerak. Sunʼiy go‘sht korxonasining ishga tushirilishi Xitoy uchun chinakam yutuqqa aylanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика