Xitoyda AQSH milliy xavfsizlik agentligi tomonidan foydalanilayotgan troyan virusli dastur aniqlandi.
Bu haqda Global Times xabar berdi.
Ushbu dastur NOPEN deb nomlanib, undan kompyuter foydalanuvchilarining maxfiy maʼlumotlarini buzib kirish uchun foydalanilgan. NOPEN Unix/Linux dasturiy taʼminotida ishlaydi. U murakkab texnologiya sifatida taʼriflanadi, aniqlanishi qiyin dastur. Global Times‘ning yozishicha, trayan kiber ayg‘oqchilikda keng foydalaniladi.
Maʼlumot o‘rnida: Avvalroq fevral oyida Xitoyga nisbatan xakerlar hujumi keskin ko‘paygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Xitoy foydalanuvchilari kompyuterlari buzib kirilib, u orqali uchinchi davlatlarga kiberhujumlar uyushtirilgani maʼlum qilingan edi. Xakerlar asosan AQSHda joylashgani, hujumlarning 87 foizi esa Rossiyaga qarshi qaratilgani ochiqlangan edi.


