1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyliklar endi uchtagacha farzand ko‘rishi mumkin

Xitoyda  bir oilada uch farzand ko‘rishga ruxsat beriladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Xitoyliklar endi uchtagacha farzand ko‘rishi mumkin

 

 

Butun Xitoy xalq vakillari majlisi 20 avgust kuni “Aholi va tug‘ilishni rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, endi xitoyliklar uchtagacha farzand ko‘rishi mumkin.

 

Davlat aholi orasida erta turmush qurish va farzand ko‘rishga doir targ‘ibot olib boradi. Bundan tashqari hukumat yosh oilalarga turli moliyaviy, soliq, sug‘urta va taʼlim imtiyozlari taqdim etadi. Ota-onalarning farzand dunyoga keltirishi va voyaga yetkazishi uchun qiladigan xarajatlarini qisqartishga yordam beriladi. Shuningdek, davlat yosh bolasi bor xodimlarga yengillik va imtiyoz bergan tashkilot va korxonalarni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qilgan.

 

2021 yil may oyida Xitoy kommunistik partiyasi oilalarga uchtagacha farzand ko‘rishga ruxsat berishni qo‘zda tutuvchi qaror qabul qilgan.

 

Xitoyda 70 yillardan boshlab oilalarda birdan ortiq farzand ko‘rishga jiddiy cheklovlar qo‘yilgan. Lekin bu keyinchalik aholining tez qarishiga olib keldi. Shu sababli 2008-2009 yillardan boshlab bir oilada ikkitagacha farzand ko‘rishga ruxsat berilgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика