1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Xitoyning “CNCEC” kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqchi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo 2021 yil 7,4 milliard dollar o‘sib, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgan.

Xitoyning “CNCEC” kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqchi

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo 2021 yil 7,4 milliard dollar o‘sib, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgan.

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning Xitoy Milliy kimyo-muhandislik korporatsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari, bosh direktori va boshqaruv kengashi aʼzosi Ven Gan bilan uchrashuvida aytib o‘tildi.

 

Muloqot davomida Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqboli muhokama qilindi.

 

So‘nggi yillarda har ikki mamlakatda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish, jumladan, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, investitsiya va zamonaviy texnologiyani jalb qilish sohasida ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirishning o‘sib boruvchi xususiyatini alohida eʼtirof etish kerak.

 

Neft-gaz, kimyo sanoati, qurilish mollari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat loyihalarini yo‘lga qo‘yish, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni jadallashtirishga yordam beradi.

 

Suhbat chog‘ida korporatsiyaning “yashil” energetika, transport, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarda ishtirok etish istiqboli ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini topish bo‘yicha ishni davom ettirish zarurligi maʼqullandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика