1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xivada etnosport festivali o'tkaziladi

Festivalga xalqaro federatsiyalar jalb qilinishi aytilmoqda.

Xivada etnosport festivali o'tkaziladi

 

Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov "Xalqaro Etnosport Konfederatsiya"siga tashrif buyurdi

 

7-aprel kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning sentabr oyida Xiva shahrida Xalqaro Etnosport festivalini yuqori saviyada o’tkazish masalasi muhokama qilindi.

 

O'z navbatida, katta ko’lamdagi tadbirni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan festival taqdimoti o’tkazildi.

 

Xalqaro Etnosport Konfederatsiyasi tomonidan bunday katta loyihani O’zbekistonda tashkil etish tashabbusini bildirgani uchun O’zbekistonga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorchilik bildirildi.

 

Uchrashuv yakunida, ushbu xalqaro festivalni o’tkazish uchun ishchi guruh tashkil qilish, xalqaro etnosport federatsiyalarini jalb qilishga kelishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика