1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xivadagi bog‘chada sheʼr yodlab kelmagan bola kaltaklandi

Unga muassasa rahbari tan jarohati yetkazgan.

Xivadagi bog‘chada sheʼr yodlab kelmagan bola kaltaklandi

Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida bolaga tan jarohati yetkazildi. Bu haqida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur muassasada rahbar lavozimida ishlab kelayotgan J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh. ni sheʼrni yodlab kelmaganligi uchun uning chap yelka sohasini qo‘li bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.

 

Yuzaga kelgan holat bo‘yicha bolaning yaqinlari tomonidan Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilingan va mazkur holat Xiva tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida muhokama qilingan.

 

“Ayni paytda Xiva tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика