Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi. Natijada ushbu jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Soliq qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2144 ta xo‘jalik yurituvchi subektlarga nisbatan qo‘llanilgan jarima bo‘yicha yuzaga kelgan 1,7 trln so‘m miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi. Shuningdek, 1631 ta subektga 2,5 trln so‘m miqdorida jarima qo‘llash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar ko‘rib chiqilishi to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, 4170 ta subektga nisbatan 5,5 trln so‘m miqdorida jarima qo‘llash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘xtatildi.


