1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xomanaiyning nabirasi Isroil va AQShga tahdid qildi

U ayrim musulmon davlatlari imkoniyat tug‘ilganda Isroilga qarshi harbiy choralar ko‘rishi mumkinligini bildirdi.

Xomanaiyning nabirasi Isroil va AQShga tahdid qildi

 

Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ruhulloh Xomanaiyning nabirasi Ali Ahmad Xomanaiy Isroil va Qo‘shma Shtatlarga nisbatan keskin bayonotlar bilan chiqdi.

 

U Livanning Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida agar biron bir islomiy mamlakat Isroilga raketa otib, uni "vayron qilishga" qodir bo'lsa, ular Isroilga HAMAS qilganidek munosabatda bo'lishlarini ta'kidladi.

 

Xomanaiy, shuningdek, musulmon mamlakatlari Isroilga qarshi keskin choralar ko‘rish ehtimolini tilga olib, musulmon jamiyatlari Isroildan qo‘rqmasligini ta’kidlagan.

 

Bayonot davomida u AQShga ham murojaat qilib, Eron va unga yaqin kuchlarga nisbatan bosim kuchaytirilsa, keskin qarshilik bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

 

Shu bilan birga, mintaqadagi xavfsizlik vaziyati sabab ayrim rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilingani haqida ham xabarlar berilgan.

 

Mutaxassislar esa Eron ichki siyosiy barqarorligi masalasi murakkab bo‘lib qolayotganini, har qanday keskin o‘zgarishlar mintaqada yangi beqarorlik xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика