1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda 17 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

Holat bo‘yicha prokuratura maʼlumot berdi.

Xorazmda 17 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

 

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida 17 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.  

 

Bugun, 6 may kuni soat 12:50 larda Qo‘shko‘pir tuman IIB navbatchilik qismiga fuqaro Ch.Q.ning o‘z joniga qasd qilib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyi tuman prokurori B.A.Matrasulov rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi va sud tibbiy ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro Ch.Q. Qo‘shko‘pir tumani “Xadra” qishlog‘i “Nezaxos” mahallasida yashagan. Hozirda uning o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Shuningdek, holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика