Xorazm viloyati Urganch shahrida 43 yoshli erkak qiz bolani o‘g‘irlab ketishga uringani aks etgan video tarqaldi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 14 avgust kuni Urganch shahrida bir nafar erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan shubhali harakat qilganlikda gumonlanib, bir guruh fuqarolar tomonidan ushlanib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.
Voyaga yetmagan qizga nisbatan shubhali harakat qilishda gumonlangan shaxs — Urganch shahrida yashovchi, 2006 yildan buyon shizofreniya tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turgan, 1980 yilda tug‘ilgan B.M. ekani maʼlum bo‘ldi va u shu kunning o‘zida ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi.
Holatga aniqlik kiritish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


