Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Xorazm viloyatida eksperiment tariqasida, kelgusida esa, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlanishi mumkin.
Shuningdek:
-
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yilishi;
-
umumiy o‘rta taʼlim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirilishi;
-
davlat maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga ko‘p yillik xizmat qilganligi uchun pedagogik stajiga qarab 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab borilishi mumkin.


